OlamSex.su - узбекское порно видео
Узбекское порно | Эротические рассказы (UZ)

Lola... Bolalar uyining bolasining dardlari...

Uning ko'zlari judayam chiroyli. Tabassumiku xuddi menikiday. Xavo qanday bo'lmasin, temir darvoza oldida kutib, qoram ko'rinishi bilan baqirib qoravul cholni o'takasini yoradi. - Oyijon, oyijon kelyaptilar. Uraaa... Yugurib kelib bo'ynimga osilgach to'yib hidlaydi. Cho'lpillatib yuz-ko'zimdan o'pib, yelkamdagi sumkani yelkasiga ilgachgina ichkariga boshlar ekan hafta davomida yig'ilib qolgan hasratlarini yog'dirib tashlaydi. - Nega kechikdingiz? Endi hafa bo'lmoqchi edim... Unga har doimgidek kutilmagan ishim chiqib qolganini aytib, o'zimni oqlaganday bo'laman. - O'qishlaring, sog'lig'laring yaxshimi? - Yaxshi... Anuchi, bu hafta hech kimni olib ketishmadi. Xamma joyida. Komillarning guruhidagi Asalni esa qaytarib olib kelishdi. Yangi adasi yoqmagan emish. Yo'q, u adasiga yoqmabdi. Bunday holatlardan xabarim bo'lgani uchun ham Lolaning holatini ko'z o'ngimga keltirib, eshitilar eshitilmas so'z qotaman. - O'zi aytib berdimi? - Yo'q, u hech kim bilan gaplashmayaptiku. Kechqurun uyqisirab yig'lagan ekan. O'shanda eshitishib qolishibdi. - Xa, - deyman, bo'gzimga qadalgan tosh bilan arang ikki dona harfni bir-biriga qo'shilib - Yana qanday yangiliklar? - Qolganlarni darvoza oldiga chiqarmay qo'ydilar Ra'no opa. Ruxsat yo'q. Qochib ketishadi deb o'ylashsa kerak. Qayerga ham borardik. - Ruxsat berishmasa, sen qanday chiqyapsan? - Yo'lini topyapman... Sojida opaning ko'zlarini shamg'alat qilib yuguraman. Faqat, kelmay qolgan kunlariz yomonda. Kayfiyatim tushib ketadi. Lolaning jingalak sochlarini silar ekanman, aybdorona xo'rsinaman; - Meni ham ishlarim ko'pda bolam. Ba'zan kela olmagan kunlarim o'zimni yomon ko'rib ketaman. - Nima uchun? O'zingiz aytgandingizku, yomon kayfiyat yomon kasallikni chaqiradi deb. Siz esa kasal bo'lmang, bizga keraksiz. Menga ham... Xa, aytgancha "Koptokcham" degan sher yozdim... - Qani aytib berchi. Yoddan bilasanmi? - Bo'lmasamchi! Yarmi qizil loladay Yuguraman ortidan. Go'yoki yosh boladay... - Nega endi "go'yoki yosh boladay". Atigi to'qqizga kirgansanku, yana keksa odamday yozibsan. Oxirgi satrini o'zgartiramiz... - Yo'q, - deydi Lola qatiy bosh chayqab. Shundayligicha qolsin. Chunki men allaqachon yosh bola emasman. Uning katta dardini his qilsamda bo'g'zimdagi titroqni arang bosib ko'nglini topishga harakat qilaman. - Bu nima deganing qizim? Sen oppoqqina, shiringina qizaloqsan. Qolaversa judayam aqllisan. - Aldamang, agar oppoqqina, shiringina bo'lganimda allaqachon meni bu yerlardan olib ketgan bo'lar edingiz. Agar aqlli bo'lganimda tuqqan onam tashlab ketmasdi... Men...men Lolani mahkam quchoqlab yuragim tub-tubidan otilib chiqqan faryodimni bosa olmay, yuz-ko'zidan o'par ekanman aybdorona shivirlayman. - Qizim, sizlar ko'pchiliksiz, bir seni olib ketsam qolganlar hafa bo'lishadiku. Sardor, Munira, Nigor, Jamshid... Ular sendan ham kichkina. Axir sizlar bir oilasiz. Aka-opalaring, uka-singillaringni tashlab ketishsa ko'zing qiyadimi? Qani endi kattakon uyim bo'lsaku, hammangizni olib ketsam... Bunaqa sher yozaversang boshqa kelmayman... Oybek, Alisher sherlarichi. Ayniqsa Yuliyaniki! O'zingiz eshitib yig'lab yuborgandingizku... Patila sochlari sap-sariq, quralay ko'zlari shaxlo qizchaning sheridan rostdan ham ta'sirlangan edim Мама словно чуда, ангел Но не видела ее''... Но надеясь встречу с нею Только пишу про нее'' Мьi конечно - дар от Бога, Свет в окошка в дом родной Не живи тьi одинока Мама забери с собой... O'shanda shaharning qaysidir puchmog'ida axlat quti ichidan topilib olib kelingan tashlandiq Yulyaning taqdiridan hali bexabar edim. 15 yoshli shogirdimning otasi o'zbek ekanligini bilgach esa bir lahzalik aysh-ishrat quli bo'lgan millatdoshimni la'natladim.... Davomi bor.... Odnodan olindi, bir tanishimni hikoyasi... E'tiborlariz uchun rahmat!!!
© olamsex.su - 2020
Связь с нами